Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda”


Mamalkatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish, aholining huquqiy ongini oshirishda adliya organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 27 dekabr kuni Nishon tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari M.Suvonov, Sh.G’oyimov, U.Safarovlar, Qashqadaryo viloyat IIB va Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyat televideniyesida “Muloqot” ko‘rsatuvi uchun davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O’zbekiston Repsublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 1 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 724-son qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati aholiga tushuntirildi.