Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Barcha davlat OTMlarning o‘quv adabiyotlari to‘liq elektronlashtiriladi




“Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–60-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi:

akademik mustaqillik sohasida:
➖ o‘quv rejalari, dasturlari, malaka talablarini tasdiqlash, ta’lim shaklini belgilash;
➖ o‘qish davomiyligi muddatini belgilash;
➖ doktorantura kontrakti miqdorini belgilash, o‘z hisobidan grant ajratib doktoranturaga kvotaga qo‘shimcha qabul qilish;
➖ doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
➖ magistratura uchun sirtqi, masofaviy va kechki ta’limni joriy etish;
➖ akademik mobillikni amalga oshirish;
➖ o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
➖ ta’lim sifatini ichki nazorat qilish.

tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:
tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;
muassasa tuzilmasini tasdiqlash va shtatini belgilash;
yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagilarini tugatish;
ishga qabul qilish, ozod etish va rotatsiyasiga oid tartibni belgilash;
masofaviy ta’limni ochish.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning quyidagi vakolatlari ta’lim muassasalariga o‘tkaziladi:

chet el fuqarolari o‘qishini xorijdan davlat OTMlariga ko‘chirish;
qabul komissiyalari tarkibi, imtihon fanlarini tasdiqlash;
amaliyot o‘tashni tasdiqlash;
kiyim-boshga doir talablarni belgilash.

2022 yil yakunigacha barcha davlat OTMlarning o‘quv adabiyotlari to‘liq elektronlashtiriladi va yagona “Elektron kutubxona” platformasi ishga tushiriladi.

OTMlarda hisobotlarni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechiladi va Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi:

1-bosqichda – 2022 yil 1 martgacha quyidagilar joriy qilinadi:

“O‘quv jarayonini boshqarish” qismi (davomat, o‘zlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi);
“Ilmiy jarayonni boshqarish” qismi;
“Ma’muriy jarayonni boshqarish” qismi;
“Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismi;

2-bosqichda – 2022 yil 1 maygacha:
“Ta’lim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.