Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

DXMda nogironligi bo‘lgan shaxslarga mos keluvchi lavozimlarda ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratiladi



Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/3090) ko‘ra, 2022 yil 1 martgacha har bir hududda bittadan DXMda nogironlarning ularga mos keluvchi lavozimlarda (operator, konsultant, inspektor va boshqalar) ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

2022 yil 1 sentyabrgacha mazkur amaliyot barcha DXMda joriy qilinadi.

2022 yil 1 iyuldan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironlarni qo‘llab-quvvatlovchi NTTlarga BHMning 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma mablag‘lari ajratiladi.

2022 yildan nogironlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha grant miqdori kamida 2 baravarga oshiriladi.

Nogironlar hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirib borish maqsadida 2022 yildan quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha respublika tanlovlari tashkil etiladi:

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”;
Savdo-sanoat palatasi tomonidan – “Eng yaxshi tadbirkor”;
Oiy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi talaba”;
Turizm va sport vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi sportchi”;
Madaniyat vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi kitobxon”;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi ish beruvchi”.

Tanlov natijalari har yili “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” arafasida eʼlon qilinadi hamda g‘oliblarga BHMning 100 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.