Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Adliya-tadbirkorga do‘st.


Qashkadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini ko‘zlab bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joylarda 160 marotaba sayyor qabullar tashkil etilib, sayyor qabullarda 199 ta tadbirkorlarning murojaatlari qabul qilingan.

Mazkur murojaatlarning 191 tasi ko‘rib chiqilib, ijodiy hal etish choralari ko‘rildi.

Misol uchun, Koson tumanida faoliyat yuritayotgan “ERKATOY POLVONJON” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari D.Raxmonova va “Koson bahor qaldirgochlari” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari B.Baxriyevlarning nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanilgan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz xizmatlari uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanishda moliya bo‘limi tomonidan mablag‘ ajratilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib, o‘rganish natijalari bo‘yicha tadbirkorlarning manfaatini sud tartibida himoya qilinib, huquqlari tiklab berilgan.

Mazkur murojaatlar natijasi tahlil qilinganda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 dekabrdagi 991-son qarorini amaliyotda qo‘llashda muammolar mavjudligi sababli viloyat bo‘yicha faoliyat olib borayotgan 10 510 quvvatga ega 109 ta davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanilgan tabiiy gaz va elektr energiyasining 50 foizi davlat budjetidan to‘lib berish amaliyoti moliya organlari tomonidan asossiz ravishda to‘xtatib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur muammo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yuqoridagi 2 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining manfaatida sud tartibida himoya qilinib, huquqlari tiklab berilishi natijasida noto‘g‘ri amaliyotga barham berilishiga erishildi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 53 ta 8 mlrd 974 mln so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, ularning buzilgan huqlari sud orqali tiklab berildi.

Masalan, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro S.Yuning “Savdo do‘koni” binosi Qarshi shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilganligi, ammo kompensatsiya pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib, fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan javobgar - Qarshi shahar hokimligidan fuqaro S.Yuning foydasiga 203 629 947 so‘m kompensatsiya pullarini undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilindi.

Xuddi shu kabi, adliya boshqarmasi tomonidan Muborak tumanida yashovchi fuqaro Sh.Btning tuman hududida joylashgan “Kamolbek Invest” MChJga tegishli bo‘lgan “Savdo do‘koni” binosi Muborak tuman hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilgan bo‘lsada, kompensatsiya pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati yuzasidan ham o‘rganish o‘tkazilib, natijasi yuzasidan tadbirkorning manfaatida Koson tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Mazkur da’vo arizasi sud tomonidan ko‘rib chiqilib javobgar Muborak tuman hokimligidan “Kamolbek Invest” MChJ foydasiga
321 665 900 so‘m kompensatsiya pullarini undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilindi.

Kelgusida ham viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan ularning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi alohida nazoratga olingan.

 

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi birinchi oʻrinbosari A.Isoqov