Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yosh jurnalistlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri


Shahrisabz shahridagi KOIKA o‘quv markazining  "Shaxrisabz yosh jurnalistlar" maktabida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir "Yurt tarovati" gazetasining "Inson huquqlari-oliy qadriyat" grant loyihasi asosida tashkil etilib, mazkur tadbirda shahar hokimi, "Yurt tarovati" gazetasi bosh muharriri, Shahrisabz tuman, shahar xalq qabulxonalari, adliya bo‘limlari, yuridik markaz boshliqlari va xodimlari ishtirok etishdi.
Yosh jurnalistlar bilan savol-javob mavzusida bo‘lib o‘tgan seminarda qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Shuningdek, grant loyihasi asosida grant bukletlari tarqatildi, grant loyihasining faol  ishtirokchilari "Yurt tarovati" gazeta tahririyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.