Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Ishsizlarning kasb o'rganish davri mehnat stajiga qo'shiladi


Qonunchilikka (https://lex.uz/docs/-142859) ko‘ra, ishdan mahrum bo‘lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, uzoq (1 yildan ko‘p) tanaffusdan keyin ishni qayta boshlashni istagan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga:

➖ ishsizlik nafaqasi to‘lash;
➖ qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
➖ kasb o‘rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo‘shish;
➖ haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati taʼminlanadi.

Ish qidirayotganlarni ro‘yxatga olish, ishsiz deb eʼtirof etish, ularga yordam ko‘rsatish, ishsizlik nafaqalarini to‘lash tuman (shahar) aholi bandliliga ko‘maklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi (https://lex.uz/docs/-5055690).