Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya boshqarmasida “Mening huquqim” kuni tashkil etildi


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 16 dekabr kuni Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyining 9-11-sinf tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi.

Tadbirda Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolallarga boshqarma faoliyati, ish jarayoni, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek,  yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilarning yuridik ta’lim va yuridik sohaga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida adliya boshqarmasi va “Yurt tarovati” gazetasi bilan hamkorlikda "9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "Korrupsiya - jaholat qurboni" nomli onlayn maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.

Tadbirda yoshlarning huquqiy bilimlarini sinash maqsadida konstitutsiyaga oid savol-javoblar, test savollari va interaktiv uyinlar tashkil etildi.

Bundan tashqari, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini Qarshi shahridagi “Odina” majmuasida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga sayyoxat uyushtirildi.

Adliya va yoshlar uchrashuvi taassurotlarga boy tarzda o‘tkazildi va tadbir so‘ngida yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir tafsilotlari viloyat televideniyesi orqali tasvirga olindi.