Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda


Joriy yilning 15 dekabr kuni Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan “O‘zbek geologiya qidiruv” Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Hisor DGQEda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman adliya, Majburiy ijro byurosi Shahrisabz tuman bo‘limlari hamda ekspeditsiya xodimlari ishtirok etishdi.

Adliya bo‘limi mas‘ul xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
O’RQ-419-son Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–34-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.