Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Davlat organlari va tashkilotlarida qonun hujjatlari tushuntirildi


Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish maqsadida Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 15 dekabr kuni tuman Favqullotda vaziyatlar bo‘limida va tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–34-son va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–20-son qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.