Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qonun hujjatlari targ‘iboti


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan har xaftada Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari tomonidan viloyat va Qarshi shahar “Nasaf tv” telekanalarining “Savol bering javob beramiz”, “Adliya xabari” ruknlari uchun lavhalar tayyorlanmoqda.
Xususan, joriy yilning 14-dekabr kuni Qarshi shahar “Nasaf tv” televideniyesi orqali Shahrisabz shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Begimov tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 7 dekabrdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-735-son Qonuni hamda Shahrisabz tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi F.Yuldoshev tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 noyabrdagi “Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 2 martdagi 116-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 690-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan intervyular olindi.