Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Sayyor qabullar davom etmoqda...


Navbatdagi sayyor qabul Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan “Gulshan” hamda “Samarqand” MFYlarda tashkil etildi.
Sayyor qabul jarayonida 17 nafar fuqaroning murojaati bo‘lim ish yurituviga olingan bo‘lsa, 5 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi Mirishkor tuman bo‘limida tuman adliya bo‘limi hodilari bilan hamkorlikda “Mirishkor” va “Yangi Mirishkor” MFY fuqarolari hamda tadbirkorlar o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda jami 10 nafar fuqaro va tadbirkorlarning murojaatlari o‘rganilib, 2 nafar tadbirkor hamda 1 nafar fuqaroning murojaatlari adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 7 nafar tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Dehqonobod tumani adliya bo‘limi tomonidan “Do‘stlik” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 8 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olindi hamda 4 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.