Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Sayyor qabullarda aholi murojaatlari oʻrganilmoqda


Fuqarolarning huquq va erkinliklari muqaddasligi Asosiy Qonunimizdagi demokratik tamo­yillardan biridir. Inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining bu boragi masʼuliyati kattadir.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi oʻrtasida sayyor qabullar oʻtkazilmoqda hamda qonun ustuvorligi taʼminlanmoqda.

Xususan, Gʻuzor tuman adliya boʻlimi tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yakkadaraxt” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul jarayonida 2 nafar fuqarolarga xukukiy tushuntirishlar berildi hamda 2 nafar fuqaroni murojaati boʻlim ish yurituvchiga olindi.

Qarshi tuman adliya boʻlimi tomonidan “Batosh” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda 12 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi. Shuningdek, 4 nafar fuqaroni murojaati boʻlim ish yurituvchiga olindi.

Muborak tuman adliya bulimi tomonidan “Tong” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda 3 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi. Shuningdek, 1 nafar fuqaroni murojaati boʻlim ish yurituvchiga olindi.