Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Har bir murojaat e’tiborda


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasining sobiq xodimlari A.A va boshqalarning ishdan bo‘shatish nafaqasi va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yozgan arizasi kelib tushdi va ariza yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O’rganish natijasiga ko‘ra, A.A va boshqalarning tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan kompensatsiya pullari va ishdan bo‘shatish nafaqalari to‘lab bermaganligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan joriy yilning 20-noyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma natijasiga ko‘ra, A.A va boshqalarning jami 38 106 627 so‘m ishdan bo‘shatish nafaqasi va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya pullari to‘lab berildi.

 

                                                                              

Inson huquqlarini

                                                                              himoya qilish bo‘limi

                                                                     bosh maslahatchisi V.Boboyeva