Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Yer munosabatlarida yangi davr aholi bandligi va daromadini taʼminlashga xizmat qiladi.


Yer munosabatlarida yangi davr aholi bandligi va daromadini taʼminlashga xizmat qiladi.

Viloyat hokimligi va adliya boshqarmasi hamkorligida Prezidentning PQ-20-son (https://lex.uz/uz/docs/5739727) Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining VM-709-son (https://lex.uz/docs/5739815) Qarori mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish maqsadida barcha tuman (shahar)larda amaliy seminarlar oʻtkazildi.

Taʼkidlandi, endilikda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar barcha turdagi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ishtirok eta oladigan, natijalari viloyat hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadigan ochiq elektron tanlov yakunlariga koʻra, faqat ijara huquqi asosida ajratiladi.

Muhtaram yurtboshimizning yuqoridagi qaroriga asoan viloyatlarda fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va gʻalladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydonlarini
2022 - 2025-yillarda bosqichma-bosqich zaxiraga qaytarish belgilab quyildi.

Shu jumladan, viloyatimiz hududida ham shu yillar mobaynida
25 590 gektar yer maydonlari dehqon xoʻjaligi tashkil etish niyatini bildirgan talabgorlarga “E-IJARA” axborot tizimi orqali ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida berilishi alohida qayd etib oʻtildi.

Bundan tashqari, kelgusida oʻtkaziladigan ochiq tanlovlarda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”gi kiritilgan fuqarolarimizga ayrim imtiyozlar berilgan boʻlib, asosiy maqsad ularni bandligini taʼminlash hisoblanadi.

Xulosa oʻrnida, bundan keyin dehqon xoʻjaligi yoki fermer xoʻjaligi tashkil etmoqchi boʻlgan barcha talabgorlar “E-IJARA” axborot tizimi orqali ochiq, oshkora, shaffof va adolatli elektron tanlovlarda ishtirok etishi qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qoʻyildi.

Shu bilan birga, mazkur qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan viloyat televedeniyasi orqali alohida koʻrsatuv ham tayyorlanib, tez kunlarda efirga uzatiladi.