Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

13 yoshga toʻlgan bolalarning jinoiy javobgarligi bekor qilindi


“Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–735, 07.12.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, 13 yoshga toʻlgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi bekor qilindi. Ilgari 13 yoshga toʻlgan shaxslar javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shunga koʻra, jinoiy javobgarlikka tortish 14 yoshdan boshlanadi. 16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilganda ogʻirlashtiruvchi holat sifatida belgilandi. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnashishi belgilandi.