Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

G’OLIBLIK KUBOGI O’Z EGASIGA TOPSHIRILDI


“8-dekabr – Konstitutsiya kuni” bayrami munosabati bilan adliya boshqarmasi va uning tizimidagi xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkil etilgan “Adliya kubogi - 2021” musobaqasiga o’z nihoyasiga yetdi.

Musobaqada:

1. Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlaridan iborat “Femida” jamoasi;

2. Sharqiy mintaqadagi adliya bo‘limi xodimlaridan iborat “Adolat” jamoasi;

3. Sharqiy mintaqadagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlaridan iborat "Temurbeklar" jamoasi;

4. G’arbiy mintaqadagi adliya bo‘limi xodimlaridan iborat “Adliya yoshlari” jamoasi;

5. G’arbiy mintaqadagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlaridan iborat “Markaz yoshlar” jamoasi;

6. Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumining “Lochinlar” jamoasi o‘rtasida murosasiz kechgan baxs yakunida kelgusida sport va adliya sohasiga nisbatan hurmat ruhini singdirish maqsadida xodimlarning farzandlariga sovg‘alar berildi.






O'yin yakunida jamoalar orasidan munosib nomzodlar saralanib, nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandilar.

"ENG YAXSHI DARVOZABON" nominatsiyasi bo'yicha


“Markaz yoshlari” jamoasi darvozaboni - ABRAM GULMIRODOV

"ENG YAXSHI TO'PURAR" nominatsiyasi bo'yicha


“Markaz yoshlari” jamoasi hujumchisi - BOBIR AMRILLAYEV

"ENG YAXSHI O'YINCHI" nominatsiyasi bo'yicha


“Femida” jamoasi hujumchisi - TO'LQIN IMOMBERDIYEV


Shuningdek, munosib o'yini uchun “Adliya yoshlari” jamoasi 3-o‘rinni;


“Femida” jamoasi 2-o‘rinni;


“Markaz yoshlari” jamoasi 1-o‘rinni qo’lga kiritib g’oliblar munosib taqdirlandilar.