Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“8-dekabr Konstitutsiya kuni” munosabati bilan “Bu aziz Vatan barchamizniki” shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi.


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu tantanali bayram O’zbekiston bo‘ylab barcha tashkilot va muassasalarda keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan  2021-yil 7-dekabr kuni viloyat adliya boshqarmasi binosida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparati va uning tizimidagi adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, yuridik texnikumi, adliya boshqarmasi huzuridagi Idoraviy notarial arxiv xodimlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O’.Ostanov so‘zga chiqib Konstitutsiya bayrami bilan barchani muborakbod etdi va bir guruh xodimlarga faxriy yorliq va tashakkurnomalar topshirildi.

Shuningdek, bir nafar adliya boshqarmasi xodimi “adliya a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.