Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi


Bizga ma’lumki, korrupsiya jamiyatni rivojlanishiga qarshi qaratilgan harakat sifatida har qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni chuqurlashtirishga sabab bo‘ladigan omil sifatida baholanadi.

Har bir davlat korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va ob’ekti sifatida alohida olingan korrupsionerga emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarni bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo‘ladi.

Bu borada korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil etishda ko‘makdosh sifatida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat Majburiy ijro byurosi boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi hamda Qarshi-Muhandistlik iqtisodiyot instituti hamda OAV xodimlari bilan hamkorlikda talabalar va o’qituvchilar ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda soha vakillari tomonidan korrupsiyaning turlari va ko‘rinishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjatlarining zamon va islohotlar talablari darajasida takomillashtirilayotganligi, soha vakillarining korrupsiyaga oid huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, jamiyat a’zolari bo‘lgan fuqarolarimiz ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni muntazam ravishda shakllantirib borish hamda Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda OAV ning o’rni haqida fikr almashildi.

Uchrashuv davomidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan talabalarga konstitutsiyaga oid qiziqarli ma’lumotlar berilib, ular o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi hamda faol ishtirok etgan talabalarga adliya boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, ta’lim sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berish hamda uning ayanchli oqibatlari talabalar va o‘qituvchilarga tushuntirilib, korrupsiyaga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.