Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Yuridik xizmat sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ta’minlanmoqda


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi monitoring qilib borilmoqda.

Joriy yil 2-dekabr kuni viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A.Rajabov viloyat “Oltin voha” radiosi orqali keng jamoatchilikka tushuntirish berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandida yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanishi belgilangan.

Shuningdek, mazkur qarorning 1a-ilovasida viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, bitta shtat birligidan iborat hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari bosh yuriskonsul’t uchun belgilangan darajada amalga oshirilishi, bosh yuriskonsul’t uchun 11 razryad bo‘yicha haq to‘lanishi belgilangan.

Boshqarma tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar davomida davlat organlari va tashkilotlar tomonidan yuqoridagi qaror talablariga rioya etilmaganlik holati aniqlanib, mazkur davlat organlari va tashkilotlariga tegishli ta’sir choralari kiritildi va yuridik xizmat xodimlari foydasiga 24 577 750 so‘m mukofot puli va ish haqlari undirib berilishi ta’minlandi.

Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh maslahatchisi A.Rajabov