Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar - martaba darajalari berildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan Qashqadaryo viloyatining 3 nafar davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar - martaba darajalari berildi.

Jumladan, Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji yuristkonsultlariga maxsus unvonlar – martaba darajalari berildi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 773-sht-son “Maxsus unvonlar – martaba darajalarini berish haqida”gi buyrug‘i davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlariga tantanali ravishda topshirildi.