Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

G’OLIBLIK KUBOGI O’Z EGASIGA TOPSHIRILDI


“8-dekabr – Konstitutsiya kuni” bayrami munosabati bilan adliya boshqarmasi va uning tizimidagi xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkil etilgan “Adliya kubogi - 2021” musobaqasiga o’z nihoyasiga yetdi.

Musobaqada:

Markaziy apparatning “Femida” jamoasi;
Sharqiy mintaqadagi adliya bo‘limi xodimlaridan iborat “Adolat” jamoasi;
Sharqiy mintaqadagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlaridan iborat "Temurbeklar" jamoasi;
G’arbiy mintaqadagi adliya bo‘limi xodimlaridan iborat “Adliya yoshlari” jamoasi;
G’arbiy mintaqadagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlaridan iborat “Markaz yoshlar” jamoasi;
Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumining “Lochinlar” jamoasi o‘rtasida murosasiz kechgan baxsda 3-o‘rinni G’arbiy mintaqadagi Kasbi tuman adliya bo’limi xodimlaridan iborat “Adliya yoshlari” jamoasi; 2-o‘rinni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlaridan iborat “Femida” jamoasi; hamda 1-o‘rinni G’arbiy mintaqadagi Kasbi tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlaridan iborat “Markaz yoshlari” jamoasi qo’lga kiritib g’oliblar munosib taqdirlandilar.