Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Biz korrupsiyaga qarshimiz…


Umuman olganda, so‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi.

Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.

Mamalaktimizda olib borilayotgan karrupsiyaga oid islohotlarga asosan joriy yilning 2-dekabr kuni “9-dekabr – Xalqaro karrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari J.Norov va S.Turopovlar tomonidan viloyat televideniyesining munosabat ko’rsatuvi orqali “Korrupsiya – rivojlanishga to’siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 6257-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 5177-son hamda joriy yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilikka yetkazildi.