Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

BARCHA TENG ASOSLI HAYOTGA HAQLI


Bugungi kunda butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya’ni yettita kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud bo‘lib, barcha nogironlarning 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi.

Har yili 3 dekabr sanasida nogironligi bo‘lgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.

O’zbekistonda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.

Buni 1 dekabr kuni O’zbekiston Prezidenti tomonidan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonning imzolanganida ko‘rish mumkin. Ushbu farmonda avvallari nogironlarni kamsitish sifatida ishlatilgan “nogiron” so‘zi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” iborasining qo‘llanilishi belgilangan.

Bundan tashqari, ushbu farmonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulaylik yaratish uchun jamoat transportini panduslar, alohida joylar bilan, bekatlar va marshrutlarni eshittiruvchi, elektron ma’lumotlar tablolari kabi maxsus vositalar bilan jihozlash, ulardan erkin foydalanishni bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha joylarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi va moslashuvi samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Sana munosabati bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ezgulik ulashish maqsadida Qarshi shahridagi musiqali drama teatrida tadbir tashkil etildi.