Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanganlik uchun jarima mavjud


Qonunchilikka koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish:

➖ fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 700 ming soʻmdan 4 mln 50 ming soʻmgacha);

➖ mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha (5 mln 400 ming soʻmdan 6 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.