Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan joylarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 20-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-son qarorlarining mazmun-mohiyatini tuman hokimliklari va boshqa manfaatdor tashkilotlar e’tiboriga yetkazish bo‘yicha ko‘rgazmali targ’ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbir joriy yilning 1 dekabr kuni Qarshi tumanida tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimligi, ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, yoshlar ishlari agentligi hamda kadastr agentligining tuman bo‘limlari, bandlikka ko‘maklashish, davlat xizmatlari markazlari, davlat kadastrlari palatasining tuman filiali, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tijorat banklari, “O’zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti viloyat bo‘limi mas’ul xodimlari hamda xalq deputatlari tuman shahar kengashi deputatlari va ixtiyoriylik asosida fermer va dehqon xo‘jaliklari boshliqlari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda mas’ul tashkilotlar tomonidan yuqoridagi qonun hujjatlarini amaliyotda qo‘llanilishi hamda ushbu tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr almashildi.
Ushbu seminarlar viloyatning barcha tumanlarida tashkil etilishi belgilab olingan.