Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag’ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi davom etmoqda…


Joriy yilning 1 dekabr kuni viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi J.Norov tomonidan viloyat davlat arxivi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – rivojlanishga to’siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 6257-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 5177-son qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaning huquqiy oqibatlari va jazo muqarrarligi hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda birgalikda harakat qilish kerakligi haqida tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.