Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag’ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida…


Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan bir bo‘lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatori Respublikamizda ham keskin olib borilmoqda, shuningdek ushbu masala bo‘yicha bir qator normativ huquqiy hujjatlar va dasturlar qabul qilindi.

Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya bo’limlari tomonidan ham korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator ishlar amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan joriy yilning 1 dekabr kuni viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi J.Norov tomonidan Qarshi davlat Universiteti o’qituvchi va talabalari ishtirokida “Korrupsiya – rivojlanishga to’siq” mavzusida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 6257-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 5177-son qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaning huquqiy oqibatlari va jazo muqarrarligi haqida ma’lumotlar berilib, ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.