Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash


           Korrupsiya har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illatdir.

         Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzuidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb bejiz ta’kidlamadi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Repsublikasi Qonunining 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir.

Joriy yilning 1 dekabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari N.Sattarova va J.Norovlar hamda Muborak tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i X.Xayitovlar tomonidan "9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan viloyat “Oltin voha” radiosining to’g’ridan-to’g’ri efiri orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi "Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi va 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 6257-son Farmonlari hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 5177-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilikka yetkazildi.

Shuningdek, fuqarolardan to’g’ridan-to’g’ri efir orqali kelgan savollarga javoblar berildi.