Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“Korrupsiya – rivojlanishga to’siq”


Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.

Mamalaktimizda olib borilayotgan karrupsiyaga oid islohotlarga asosan hamda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan joriy yilning 1 dekabr kuni viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi J.Norov tomonidan Toshkent Qishloq xo’jaligi instituti Qarshi filiali o’qituvchi va talabalari ishtirokida “Korrupsiya – rivojlanishga to’siq” mavzusida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 6257-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 5177-son qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaning huquqiy oqibatlari va jazo muqarrarligi haqida ma’lumotlar berilib, ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.