Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini muntazam ravishda aholi va ijrochilarga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, joriy yil 30 noyabr kuni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Isoqov tomonidan joriy yil 30 noyabrda Mirishkor tuman hokimligi, tuman kadastr bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, tadbirkor va fermerlar hamda boshqa aloqador tashkilotlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-20-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrda "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g`risida"gi 709-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga yuqoridagi qarorlar bilan ishlash mexanizmi bo‘yicha zaruriy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.