Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Biz korrupsiyaga qarshimiz…


Umuman olganda, so‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi.

Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.

Mamalaktimizda olib borilayotgan karrupsiyaga oid islohotlarga asosan joriy yilning 29 noyabr kuni viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi J.Norov tomonidan Qashqadaryo viloyat qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – rivojlanishga to’siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati mobaynida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
PF – 6257-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ – 5177-son qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati tushuntirildi.

Shuningndek, seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.