Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar III Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi.


Joriy yilning 6 noyabrida “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “ECOBOZOR” savdo majmuasida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar III Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi.

Yarmarka doirasida “ECOBOZOR”da maxsus savdo rastalari tashkil etiladi.

Unda o‘z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.

Yarmarka soat 17:00 gacha davom etadi.

Tadbir doirasida sayyor qabullar va taniqli san’atkorlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

Barchani yarmarkada faol ishtirok etishga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilashga oz bo‘lsada o‘z hissasini qo‘shishga chaqiramiz.