Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Soha xodimlarining huquqiy savodxonligi yanada oshirilmoqda


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Janubi - G’arbiy maxsus harbiy ogrugi shaxsiy tarkibi hamda joylardan “ZOOM” platformasi orqali joriy yil 1 noyabrda uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Repsublikasi Qonuni va soha faoliyatiga doir boshqa qonun hujjatlarining mazmun – mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, soha vakillariga soha faoliyatidagi ortiqcha byurokratik to‘siqlarni oldini olish va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda murojaatlar bilan ishlashda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Repsublikasi Qonuni talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tafsiyalar berildi.

Shu bilan birga “huquqiy axborot” kanalining imkoniyatlari va undan samarali foydalanish, yangi qabul qilinayotgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar va huquqiy axborot yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lib borish mumkinligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan soha va kundalik hayotlariga oid savollariga javoblar berildi.