Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

“Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.


Qonun loyihasiga muvofiq bepul yuridik xizmatlar quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:

·       huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish;

·       huquqiy xususiyatdagi hujjatlar tuzish;

·       sudlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

Bepul ixtiyoriy yuridik yordam (pro bono) advokat tomonidan advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan advokatlik faoliyatining istalgan turi bo‘yicha ko‘rsatilishi nazarda tutilmoqda. Ko‘rsatiladigan bepul ixtiyoriy yuridik yordamning hajmi bunday yordam ko‘rsatadigan shaxslar tomonidan mustaqil belgilanadi.

Birlamchi bepul yuridik yordam ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan NNTlar va yuridik klinikalar tomonidan ko‘rsatiladi. Bunday xizmatlar quyidagilarga ko‘rsatiladi:

·       O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;

·       chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

·       yuridik shaxslarga.

Jismoniy shaxslarga fuqarolik, ma’muriy, ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirokini davlat hisobidan ta’minlashga qaratilgan ikkilamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi.

Ikkilamchi bepul yuridik yordamni boshqarish, muvofiqlashtirish

va nazorat qilish Bepul yuridik yordam markazi (Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli davlat organi) va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 Ikkilamchi bepul yuridik yordam kam ta’minlangan va ruhiy holati buzilgan quyidagi shaxslarga ko‘rsatiladi:

·       fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogar va javobgarga;

·       ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachiga;

·       ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha huquqbuzar shaxsga;

·       jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi

yoki mahkumga.