Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

"Sukut saqlash huquqiga egasiz" – Miranda qoidasi O’zbekiston qonunchiligida qanday aks etgan?


Hayotimizda kamida bir marta hammamiz politsiya faoliyatining epizodlari ko‘rsatilgan Amerika filmlarini ko‘rganmiz. Ehtimol, har bir kishining xotirasida an’anaviy jumla:"Sizda jimlikni saqlash huquqi bor. Siz har bir aytgan so‘z sudda o‘zingizga qarshi ishlatilishi mumkin. Sizning advokatingiz so‘roq paytida qatnashishi huquqiga yega. Agar advokat xizmatlarini to‘lash imkoniga ega bo‘lmasangiz, u sizga davlat tomonidan ta’minlanib beriladi. Siz o‘z huquqlaringizni tushundizgizmi?".

Miranda qoidasi O’zbekistonda 2009 yil 1 yanvardan e’tiboran joriy yetilgan.

Miranda qoidasi bo‘yicha hibsga olingan shaxsga uni so‘roq qilishdan oldin albatta:

sukut saqlashga haqliligi;

aytgan gaplari sudda unga qarshi qo‘llanishi mumkinligi va qo‘llanishi; so‘roqda uning advokati ishtirok yetishi mumkinligi;

advokat to‘lovini qila olmasa unga davlat tomonidan advokat berilishi tushuntirilishi hamda “haq-huquqlaringiz sizga tushunarlimi?” deb so‘ralishi;

o‘z advokatiga yoki yaqinlariga bir marta qo‘ng‘iroq qilish imkoni berilishi shart.

Miranda qoidasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida yuzaga kelgan yuridik norma bo‘lib, unga ko‘ra, jinoyat sodir yetishda gumon qilinuvchi shaxsni so‘roq qilishdan oldin unga protsessual huquqlari tushuntirilishi kerak. Bu tamoyil 1966 yildagi AQSh Oliy sudi qaroridan kelib chiqadi. Miranda qoidasidan ko‘zlangan maqsad shaxsga o‘z-o‘ziga qarshi guvohlik bermaslik huquqini (nemo tenetur se ipsum accusare) berish bo‘lgan.

O’sha vaqtda Arizona shtati politsiyasi Yernesto Mirandani odam o‘g‘irlash va nomusga tegish jinoyatlarini sodir yetishda ayblaydi. Politsiya binosida ikki soatlik so‘roqdan keyin Miranda o‘z aybiga iqror bo‘ladi va keyinchalik sudlanadi. Ushbu jinoyat ishi yuzasidan Mirandaning advokati shikoyat keltiradi hamda AQSh Oliy sudi bundan buyon politsiyachilar shaxsni ushlash chog‘ida shartli ravishda nom olgan «Miranda ogohlantiruvi»ni o‘qib yeshittirishlarini talab qiladi. Bu qoida ushlab turish sabablarini, ko‘rsatuv berishni rad yetish, ushlangan shaxs bergan ko‘rsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligini hamda davlat hisobidan himoyachini taklif yetish kabi huquqlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu qoida hech kim o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berishga majbur yemasligi huquqini ta’minlab berdi. Shu paytdan boshlab, ushlangan shaxsga uning huquqlari o‘qib yeshittirilishidan oldin olingan har qanday ma’lumot nomaqbul dalil yekani belgilab qo‘yildi.

So‘roq davomida qo‘lga kiritilgan har qanday ma’lumot, agar u qo‘lga olingan shaxsga uning haq-huquqlari tushuntirilishidan avval olingan bo‘lsa, noqonuniy olingan dalil deb hisoblanadigan bo‘lgan. Bunda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin bo‘ldi. 

AQShdan o‘rnak olib, ko‘plab mamlakatlar o‘z qonunchiliklarida Miranda qoidasini joriy qilishdi. Xususan, O’zbekiston ham.

Miranda qoidasining ahamiyati haqida

“Siz sukut saqlash huquqiga yegasiz. Aytganlaringizning barchasi sizga qarshi sudda ishlatilishi mumkin va ishlatiladi”.

Gapirmaslik (yoki ko‘rsatuv berishdan bosh tortish) jinoyatda gumonlanib qo‘lga olingan shaxsning asosiy huquqlardan biridir (O’R JPK 48-m). So‘roqdan oldin bu huquq tushuntirilishi ulkan ahamiyat kasb yetadi, zero aynan hibsdan keyin, advokat ishtirokisiz bo‘lib o‘tadigan so‘roqlar ko‘plab haq-huquqlar buzilishiga olib keladi. 

“Siz advokat bilan maslahatlashish huquqiga yegasiz. Advokatingiz so‘roq paytida ishtirok yetishi mumkin”.

Shaxsiy advokat ishtiroki so‘roqlarning qonun doirasida o‘tishiga zamin bo‘ladi, haq-huquqlar poymol bo‘lishi oldini oladi. Shu bois, mazkur huquqning so‘roqdan oldin tushuntirilishi, buni qonunan majburiy qilib qo‘yilishi so‘roq jarayonida inson huquqlari himoyada bo‘lishining muhim omilidir.

“Agar advokatning xizmatlarini to‘lashga qodir bo‘lmasangiz, u sizga davlat tomonidan taqdim yetiladi. Siz ushbu huquqlarni tushundingizmi?”

Jinoyatda gumon qilinuvchining shaxsiy advokati bo‘lmasligi, ya’ni u shaxsiy advokat xizmatini to‘lashga qodir bo‘lmasligi uni advokatsiz so‘roq qilishga imkon bermaydi – tergovchi uni davlat tomonidan beriladigan advokat bilan ta’minlashi kerak. Mazkur me’yor ham tergov jarayonida haq-huquqlar poymol bo‘lmasligiga, noqonuniy harakatlar sodir yetilmasligiga xizmat qiladi (JPK 50-m).

“Siz ushbu huquqlarni tushundingizmi?”

Jinoyatda gumon yetilgan shaxs tergov oldidan unga aytilgan haq-huquqlarini tushungani tasdiqlanmog‘i lozim. Bu Miranda qoidasining muhim nuqtasi bo‘lib, qoidadan ko‘zlangan maqsad hosil bo‘lishi, rasmiyatchilikka aylanib qolmasligi uchun muhim omildir.

“Qo‘ng‘iroq qilish huquqiga yegasiz!”

Jinoyatda gumon qilinib qo‘lga olingan shaxs «bir marta qo‘ng‘iroq qilish» huquqiga yega bo‘ladi. Ya’ni, u o‘z advokatiga yoki yaqin qarindoshiga qo‘ng‘iroq qilish huquqiga yega va bu imkoniyat unga yaratib berilishi shart (JPK 48-m). Agar u telefon qilishdan voz kechsa, uni ushlagan mansabdor shaxs uning oila a’zolariga qo‘ng‘iroq qilishi va uning ushlangani, qayerda saqlanayotgani, nimada ayblanayotgani, advokat olish huquqi borligi va boshqa ma’lumotlarni berishi shart.

Bu qoidaning buzilishi, shuningdek, shaxsning himoyasiga doir boshqa huquqlari poymol bo‘lgan holda so‘roq qilinishi, boshqa tergov harakatlari o‘tkazilishi gumon qilinuvchi (ayblanuvchi, sudlanuvchi) pirovardida oqlanishiga sabab bo‘ladi, to‘plangan dalillar sudda nomaqbul dalil deb e’tirof yetiladi.

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi

mas’ul xodimi B. Ibrohimov