Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri


Joriy yilning 3 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat intelektual mulk himoyasi markazi, Kasbi tuman adliya bo‘limi hamda Bosh vazir qabulxonasi tuman bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan davlat xizmatlari markazida tadbirkorlar o‘rtasida seminar tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tadbirkorlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4965-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6191-son Farmoni va boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.