Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

09
Adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar)larda ochiq muloqot tashkil etilmoqda...

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X.Nasimov va boshqarmaning mas'ul xodimlari  ishtirokida Dehqonobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markaziga biriktirilgan davlat tashkilotlari faoliyatlarida uchrayotgan tizimli xato va kamchiliklarni bartaraf etsih yuzasidan tumanda joylashgan 5-sonli musiqa maktabida ochiq muloqot tarzida uchrashuv bo'lib o'tdi.  

09
Aka - ukalar guvohnomasi yo'qligi sabab maktabga borisha olmadi

Asli Nishon tumanida tug'ilgan hozirda G'uzor tumani Sherali qishlog'ida yashovchi, 2003 yil tug'ilgan Sayxonov Umidjon hamda  2006 yilda tug'ilgan Sayxonov Murodjonning tug'ilganlik guvohnomasi yo'qligi sabali G'uzor tuman FHDY bo'limiga o'zlari murojaat bilan kelishdi.

09
Matbuot anjumani

Viloyat Matbuot uyida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Murodulla Eshnazarov ishtirokida matbuot anjuman o'tkazilmoqda.Unda  Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 9 oy davomida  amalga oshirilgan ahamiyatli ishlar hamda Davlat xizmatlari va FHDY sohasidagi yangiliklar, sohaga doir boshqa muhim va dolzarb mavzularda so'z yuritilmoqda.

08
G'uzor tuman YXKM tomonidan navbatdagi yozma va ko'rgazmali huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Joriy yilning 08-noyabr kuni G'uzor tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 1-sonli davlat umumiy o'rta ta'lim maktabida, maktabning pedagog va ishchi xodimlari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

08
Биласизми

Давлат хизматлари марказлари орқали хизматлардан фойдаланишда ортиқча тўланган тўловлар соддалаштирилган тартибда 1 иш куни ичида қайтарилади.

07
Mehnat qonunchiligi takomilashmoqda

Bugun adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan viloyat televideniesining “Muloqot” ko‘rsatuvi orqali O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining yangi tahriri yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.

07
Биласизми

Қонунчиликка кўра, жисмоний шахслар — туғилиш, ўлим қайд этилганлиги учун, уларга фарзандликка олинган, оталик белгиланган, жинси ўзгартирилган ҳолларида, шунингдек фуқаролик ҳолати далолатномаларини қайд этиш чоғида йўл қўйилган хатолар муносабати билан туғилганлик тўғрисидаги ҳужжатлар ёзувлари ўзгартирилган, тўлдирилган ва тузатилган тақдирда гувоҳномалар берганлик учун давлат божи тўлашдан озод қилинган.

07
Hammualliflikda yaratilgan ijod namunasida mualliflik huquqi qanday taqsimlanadi?

Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo‘linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo‘ladi.

05
QASHQADARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI tomonidan Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda

Adliya boshqarmasi va  Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali bilan hamkorlikda joriy yilning 4-noyabr kuni Ishga qabul qilish mono markazida  Vazirlar Mahkamasining  "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorining mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilari o'rtasida tushuntirish yuzasidan semenar tashkil etildi.

Mazkur semenarda Viloyatning Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, Statistika, Kadastr va Bandlik boshqarmalarining 130 nafardan ortiq  xodimlari ishtirok etishdi.

Boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X.Nasimov tomonidan ishtirokchilarga, odob-axloq qoidalarining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.

05
Davlat xizmatlari koʻrsatish takomillashmoqda

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, davlat xizmatlari markazlari orqali 2022-yilning oʻtgan 9 oyi davomida 702 ming 426 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan.
Shundan davlat xizmatlari markazlari orqali 625 ming 201 ta, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 77 ming 225 ta xizmatlar koʻrsatilgan. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 8229 ta kichik biznes subyektlari roʻyxatdan oʻtkazilgan. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali jami 24 ming 330 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlsa, 3625 ta kichik biznes subyektlari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan.