Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

10
OILA MUQADDAS QO'RG'ON

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi  bilan viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi   hamda Qarshi shahar oila va xotin-qizlar bo'limi, psixologlar ishtirokida nikohdan o'tish uchun ariza taqdim etgan hamda oila qurish ostonasida turgan yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so'z yuritgan ma'ruzachilar tomonidan o'z hayot tajribasi, shuningdek kasb vazifasidan kelib chiqib, yoshlarga nikoh va oilaning muqaddasligi, oilaning mustahkamligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilishi va amal qilinishi loz'im bo'lgan vazifalar,  ajrimlarning oldini olish maqsadida qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shunibgdek,viloyat adliya boshqarmasi va FHDYO bo'limi mudiralari tomonidan nikohni qayd etish uchun beriladigan bir oy muddatning hamda tibbiy ko'rikdan o'tishning ahamiyati va mohiyati tushuntirildi.

Shu kuni Qarshi shahar Nikoy uyi tomonidan bir juft kelin-kuyovlarga nikoh guvohnomalari topshirildi.

10
Fuqarolar huquqlari tiklanmoqda

Viloyat adliya boshqarmasiga joriy yilning o‘tgan davri mobaynidan mehnat huquqlari buzilishi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular natijasida sudlarga jami 90 dan ortiq da’vo arizalari kiritilgan.

         Xususan, fuqaro D.Xusanov va boshqalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF – 5938-son “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaroning manfaatini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Mazkur da’vo arizalari sud tomonidan ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi va fuqarolar foydasiga turli miqdordagi pul mablag‘lari undirib berish to‘g‘risida hal qiluv qarorlari chiqarildi.

10
Faxriy donorlarga mukofot puli oshiriladi

“Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg'araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–348-son, 09.08.2022-y.) qabul qilindi

Qaror bilan qon bilan ishlash xizmatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilandi.

Aholi orasida beg'araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, qon donorlariga sifatli xizmat ko'rsatish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish shular jumlasidan.

2024-yil 1-yanvargacha qon bilan ishlash xizmati muassasalarida donorlar qonida gemotransmissiv infeksiyalar mavjudligini ikki bosqichli tekshirish (IFA/PZR) amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

2023-yil 1-yanvardan:

“O'zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko'krak nishoni uchun mukofot BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha (1,5 mlndan 4,5 mln so'mgacha) oshiriladi;

shuningdek, mazkur ko'krak nishoni bilan taqdirlanganlarga quyidagi huquqlar beriladi:

▫️ular uchun qulay bo'lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta'tiliga chiqish;
▫️shahar jamoat transportining barcha turlaridan bepul foydalanish;
▫️davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo'llanmalarni navbatsiz olish;

doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari statsionar davolanish jarayonida, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta'minlanadi;

donorlarni bepul ovqat bilan ta'minlash bo'yicha xarajatlarning qiymati respublika bo'yicha bir xil – mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 3 foizi miqdorida belgilanadi.

10
Foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘latib berildi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Qarshi shahar, “Yangi turmush” MFYda yashovchi fuqaro L.Olimova  bir necha yillar yillik mehnat ta’tiliga chiqmay MFYda ishlaganligini, hozirda ish o‘rni qisqarganligi uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini, biroq foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya to‘lab berilmaganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasida mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lab berilishi belgilangan.

Adliya aralashgach, boshqarma tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra, Qarshi shahar mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga taqdimnoma kiritildi va fuqaro L. Olimovaga to‘lanmay qolgan 6 712 400 so‘m kompensatsiya pullarini to‘latib berildi.

09
O'zimiz_keldik


Yakkabog' tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan   tadbirkorlar sayyor tartibda xizmat ko'rsatildi.

Tumanning Alaqarg'a qishlog'ida joylashgan "NEYRO BRAUN MCHJ" raxbari F.Usmonova  klinikasini gaz tarmog'iga ulash uchun Yakkabog' tuman Davlat xizmatlari markaziga onlayn murojaat  qildi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari  tadbirkorga gaz tarmog'iga ulanish uchun texnik shartni qisqa vaqtda  bajarib berdi. Tadbirkor markaz faoliyatidan juda xam mamnun. DXM xodimlari sayyor tartibda fuqaroga sifatli xizmat ko'rsatildi.

Shu kuni ushbu klinikada davolanayotgan bemor Sh.Jo'rayeva ham Toshkent shaxriga davolanishga my.gov.uz sayti orqali order olish uchun murojaat qildi. Bemorga shu joyning o'zida ERI kaliti olib berildi.

09
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar beriladi

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratiladi:

(https://lex.uz/docs/-6002834) yengil konstruksiyali issiqxonalar o'rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (9 mln so'mgacha) miqdorida;

 sug'orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;

 urug'liklar va ko'chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (900 ming so'mgacha) miqdorida;

  ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan oilalar a'zolari va tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo'jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;

   “O'zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo'lda gilam va ipak mato to'qish bilan shug'ullanuvchilarga 3 tadan kam bo'lmagan ish o'rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to'qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;

   “Yaylov xo'jaligini rivojlantirish” uyushmasi a'zolariga qo'l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo'yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o'rni yaratish sharti bilan BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;

   2025-yil 1-yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo'nalishi bo'yicha o'quv kurslarida o'qish xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravaridan oshmagan (600 ming so'mgacha) miqdorda bir martalik;

    tadbirkorlik va o'zini o'zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo'lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 7 million so'mgacha, xotin-qizlarga 10 million so'mgacha;

   tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tgandan so'ng dastlabki 3 oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to'lovini to'lash uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;

    hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a'zolik badali xarajatlari uchun – a'zolik badali miqdorida;

    aholi bandligiga ko'maklashish markazida ro'yxatdan o'tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun – sarflanadigan xarajatlarni to'lashda bir martalik;

   “usta-shogird” an'analari asosida yoshlarga hunar o'rgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta'minlash uchun – 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan (600 ming so'mdan) kam bo'lmagan miqdorda;

  shogirdlarga – mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, o'z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 25 baravari (7,5 mln so'm) miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiya ajratiladi

09
Men kar-soqovligim sababli nogironlik nafaqasi olaman. Qanday qilib notarial harakatni amalga oshirsam bo'ladi?

“Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi Yo'riqnomaning (ro'yxat raqami 3113, 2019 yil 4 yanvar) 8-bandiga ko'ra, notarial harakatni amalga oshirishni so'rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog'i og'ir) bo'lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo'lsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o'z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir bo'lishi shart.

    Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog'i og'ir) bo'lgan hamda muomala layoqatiga ega bo'lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so'rab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning o'zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.

08
"PALMOLIVE", "HACI SAKIR", "CLEAR", "Fax", "Kit Kat" va "Сода пещевая" tovar belgisining kontrafakti aniqlandi.

Joriy yilning 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan Qarshi shahrida "Yerqo'rg'on dehqon va oziq-ovqat bozori"da kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasi yuzasidan profilaktik-kuzatuv tadbiri o'tkazildi.

Xususan mazkur jarayonda "PALMOLIVE", "HACI SAKIR", "CLEAR", "Fax", "Kit Kat" va "Сода пещевая" tovar belgilar(Brend)ining kontrafakt nusxalari bo'lgan mahsulotlar sotilayotganligi aniqlandi.  
Unutmang! O'zganing tovar yoki xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga hilof ravishda (ruhsatsiz) foydalanish huquqbuzarlik hisoblanadi va qonunda belgilangan javobgarlik choralarini keltirib chiqaradi.
Tovar yoki xizmat belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

08
Qarshi shahrida o'zganing xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanishdi.

Joriy yilning 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan Qarshi shahrida o'zganing xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuzasidan profilaktik-kuzatuv tadbiri o'tkazildi.
Xususan mazkur jarayonda "ISHONCH","AVTORITET"  xizmat ko'rsatish belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanilayotganligi aniqlandi.  
Unutmang! O'zganing tovar yoki xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda (ruhsatsiz) foydalanish huquqbuzarlik hisoblanadi va qonunda belgilangan javobgarlik choralarini keltirib chiqaradi.
Tovar yoki xizmat belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

      

08
Qaror ijrosi amalda

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda Ko'kdala,Koson,Chiroqchi, Mirishkor,Shahrisabz,Kitob  tuman adliya bo'limi , davlat xizmatlari markazi , tuman   Tibbiyot birlashmasi va  Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo'limi xodimlari bilan  hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 74-son Farmoni ijrosi yuzasidan 18 yoshgacha bo'lgan nogironligi bor farzandlarini tarbiyalayotgan xonadonlarga tashrif buyurib, ularga Farmon talabi bo'yicha o'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning   parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so'm miqdorida nafaqa to'lovi  to'lanishi haqida atroflicha tushuntirishlar berilib, targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.