Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
16.11.2023

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

I. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimida boʻsh (vakant) lavozimlar:

1. Qamashi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:
• Boʼlimi boshligʼining asosiy vazifalari etib quyidagilar:
• boʼlim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Vazirlik hujjatlari bilan ushbu tuzilmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini tashkil etish;
• boʼlim faoliyati bilan bogʼliq prognoz koʼrsatkichlarga erishishni soʼzsiz taʼminlash boʼyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash;
• boʼlim xodimlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun boʼlim xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʼrish;
• Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʼrinbosarlari, hududiy boshqarma boshliqlarining buyruqlari hamda topshiriqlari oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
• Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
• boʼlim mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, boʼlim faoliyatining alohida tarmoqlariga rahbarlik qilish uchun ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
• boʼlim faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy tuzilmaning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
• boʼlimda kadrlarning samarali faoliyat koʼrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, boʼlim kadrlar zaxirasini shakllantirish;
• boʼlimga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professionalligi, 
• oʼz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik 
• va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
• boʼlim xodimlarini ragʼbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʼz oʼrinbosarlarini ragʼbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʼgʼrisida takliflar kiritish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʼrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʼyicha muntazam chora-tadbirlar koʼrish;
Rasmiy talablar:
- • yurisprudentsiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
• yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha 3 yillik ish staji;
• davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;
• kasbiy faoliyat maqsadlarida kompyuter tarmoqlari, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;
• masuliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik;
• xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni  bilish (ustuvorlik beradi).

  II. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi FHDY bo‘limlarida boʻsh (vakant) lavozimlar:
1. Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi arxivariusi:
2. Shahrisabz tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori:

Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:
(Arxivarius)
• jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;
• fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish;
•  fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;
• fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini taʼminlash;
• fuqarolarga (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va maʼlumotnomalar berish.
 
Rasmiy talablar:
• oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:
(1-toifali inspektori)
• jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;
• fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish;
•  fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;
• fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini taʼminlash;
• fuqarolarga (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va maʼlumotnomalar berish.
Rasmiy talablar:
• huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʻlish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

III. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar:
1. Dehqonobod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi bosh mutaxassisi:
Lavozimga oid rasmiy talablar
(Bosh mutaxassisi)
·                    huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;
·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari:
·                    “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;
·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlashda koʻmaklashish;
·                    davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
·                    tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;
·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga toʻliq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bogʻlanishni taʼminlash;
·                    telefon tarmogʻining uzluksiz ishlashini taʼminlash.
 IV. Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida boʻsh (vakant) lavozimlar:
1. Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi kichik mutaxassisi

Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:
•  mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʻlish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Rasmiy talablar:
• Moliya-iqtisod mutaxassisligi bo‘yicha o’rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
•davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;
•kasbiy faoliyat maqsadlarida kompyuter tarmoqlari, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish; 
•masuliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik;
•xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni  bilish (ustuvorlik beradi).

Murojaat muddati:
·   nomzodlar 2023-yil 27-noyabr kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.
 
·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),
·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.
 
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш