Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.09.2023

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

I. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi FHDY bo‘limlarida boʻsh (vakant) lavozimlar:

1. Shahrisabz tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori
2. Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi arxivariusi

Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:
(2-toifali inspektori)
• jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;
• fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish;
•  fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;
• fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini taʼminlash;
• fuqarolarga (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va maʼlumotnomalar berish.

Rasmiy talablar:
• huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʻlish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:
(Arxivarius)
• jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;
• fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish;
•  fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;
• fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini taʼminlash;
• fuqarolarga (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va maʼlumotnomalar berish.

Rasmiy talablar:
• oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

II. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi boʻsh (vakant) lavozimlar:
1. Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha bosh maslahatchisi:
2. Qamashi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i:

Faoliyat yoʻnalishi:
(bosh maslahatchisi)
• qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish;
• hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
• davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik ta’minlash;
• qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish;
• tuman (shahar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
• huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
• fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish;
• inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.
Lavozimlarga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar:
• faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilikni bilishi;

• davlat dasturi va boshqa tadbirlar rejasini amalga oshirish;
• rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
• jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
• sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni ijro qilish.
• kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;
• huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi.
Lavozimga oid rasmiy talablar
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
• yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish lozim;
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik;
Mehnat sharoiti va ish haqi:

• ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
• munosib ish haqi (martaba daraja-unvon, ish staji, oylik shaxsiy ustama va boshqalar);
• xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati.
• qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket;
• Qo‘shimcha afzalliklar

• zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa
• davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.
Faoliyat yoʻnalishi:
(bo‘lim boshlig‘i)

Murojaat muddati:
·   nomzodlar 2023-yil 16-sentabr kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),
·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

Рўйҳатга қайтиш