Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
04.07.2023

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON
I. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarida boʻsh (vakant) lavozimlar:

1. Shahrisabz tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti
2. Kitob tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:
• yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;
• davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish;
• davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
• davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;
• davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlash.

Rasmiy talablar:
• yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;
• muqaddam bevosita faoliyat yoʻnalishida ishlaganlar afzallikga ega boʻladi;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

II. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar:
1. Kasbi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi hisoblash texnikasi operatori:
2. Shahrisabz shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati ko‘rsatish va servis sho‘basi aloqa operatori:
3. Nishon tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Nuriston filiali katta mutaxassisi.

Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari (barcha boshqaruv lavozimlari uchun):
• “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;
• tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlash;
·         • davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
·         • tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;
·         • ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini taʼminlash;
·         • Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;
·         • arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.
·          
Lavozimga oid rasmiy talablar
(Katta mutaxassisi)
·                    huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;
·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari:
·                    “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;
·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlashda koʻmaklashish;
·                    davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
·                    tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;
·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga toʻliq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bogʻlanishni taʼminlash;
·                    telefon tarmogʻining uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Lavozimga oid rasmiy talablar
(Aloqa operatori)
·                    oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish;
·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.



Murojaat muddati:
·   nomzodlar 2023-yil 14-iyul kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),
·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш