Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
08.09.2022

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

I. Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasidagi boʻsh (vakant) lavozimlar:

 

1. Rahbariyat kotibi

2. Ish yurituvchi kotib 1-toifali

3. Boshqarma kassiri

·       

·      Lavozimga oid rasmiy talablar

·      (Rahbariyat kotibi)

·       

·      Lavozimning faoliyat yo‘nalishi va vazifalari

·      -tarkibiy bo‘linmalarning tegishli xujjatlarini (ma’lumotlarini) rahbarga kiritish va rahabar ko‘rib chiqqan xujjatlarni o‘z vaqtida xodimlarga yetkazish;

·      -rahbarning telefon orqali muloqotlarini uyushtirish, telefonogrammalarni qabul qilish va jo‘natish, u bo‘lmagan paytlarda qabul qilingan axborotlarni yozib olish va ularning mazmunini rahbarga yetkazish;

·      -rahbar o‘tkazadigan majlis va yig‘ilishlarni tayyorlash (zarur materiallarni to‘plash, ishtirokchilarni majlis va yig‘ilishlarning o‘tkazilish vaqti, joyi, kun tartibi bilan tanishtirish);

·      -rahbariyat qabuliga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning qabulini uyushtirish va belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

·       

·      Lavozim uchun rasmiy talablar

·      • oliy yoki o‘rta-mahsus ma’lumotga ega bo‘lish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).
• axborot kommunikatsiya texnologiyalari soxasini bilish

·       

·      Lavozimga oid rasmiy talablar

·      (Ish yurituvchi kotib 1-toifali)

·       

·                                                            Lavozim uchun rasmiy talablar

·         • oliy yoki o‘rta-maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lish;
• davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·         • shaxsiy xususiyatlar: mehnasevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

·       

·      Lavozimga oid rasmiy talablar

·      (Kassir)

·                                    Lavozimning faoliyat yo‘nalishi va vazifalari

·       

·        - xodimlarining har oylik ish haqi uchun bankdan chek bilan naqd pul olib keladi;

·        - olib kelingan naqd pulni qaydnomaga asosan xodimlarga o‘z vaqtida tarqatadi;

·        - turli xil ish uchun kassaga topshirilgan pulni qonunda belgilangan tartibda qabul qilib o‘z vaqtida bankka topshiradi;

·        - har oyda kassaga bog‘liq bo‘lgan hisobotlarni bajaradi.

                               Lavozim uchun rasmiy talablar

·        • oliy ma’lumot (iqtisodiyot, buxgalteriya yo‘nalishida);

·       
• davlat tilini mukammal bilish;•

·        shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik,

II. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarida boʻsh (vakant) lavozimlar:

 

    1. Koʻkdala tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

    2. Qamashi tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

 

Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:

• yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;

• davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish;

• davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

• davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;

• davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlash.

 

Rasmiy talablar:

• yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʻlish;

• muqaddam bevosita faoliyat yoʻnalishida ishlaganlar afzallikga ega boʻladi;

• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

·        III. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi FHDY bo‘limlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar:

1.     Qamashi tuman FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori.

I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

·                    jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

·                    fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish;

·                    fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;

·                    fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini ta’minlash;

·                    fuqarolarga (o‘zlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar berish.

  • II. Lavozimga oid rasmiy talablar:
  • huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lishyoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;
  • davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
  • shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

·        IV. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar:

1. Mirishkor tuman Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish boʻlimi bosh mutaxassisi:

2. Gʻuzor tuman Davlat xizmatlari markazi Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruhsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻlimi katta mutaxassisi. (2 ta shtat)

3. Nishon tuman Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati koʻrsatish va servis shoʻbasi Aloqa operatori.

 

·         Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari (barcha boshqaruv lavozimlari uchun):

·         • “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;

·         • tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlash;

·         • davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;

·         • tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;

·         • ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini taʼminlash;

·         • Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;

·         • arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.

·      Lavozimga oid rasmiy talablar

·      (bosh mutaxassisi)

·                    huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;

·                    mutaxassislik boʻyicha kamida 1 yil ish staji;

·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

·    

·   Lavozimga oid rasmiy talablar

(Katta mutaxassisi)

·                    huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;

·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari:

·                    “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;

·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlashda koʻmaklashish;

·                    davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;

·                    tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;

·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga toʻliq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bogʻlanishni taʼminlash;

·                    telefon tarmogʻining uzluksiz ishlashini taʼminlash.

. Lavozimga oid rasmiy talablar

(Aloqa operatori)

·                    oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish;

·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Murojaat muddati:

·   nomzodlar 2022-yil 23-sentabr kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.

 

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:

·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),

·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma

·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.

·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

xujjat topshirgan nomzodlar uchun savollar xavolasi, shu xavola orqali savollar bilan tanishishingiz mumkin

 

https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=103256

 

Manzil:

·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.221-26-69

 

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

 

 

 

 


Рўйҳатга қайтиш