Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
20.06.2022

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi
boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha
EʼLON

 

 

1. Qamashi tuman FHDY boʻlimi 2-toifali inspektori

 

I. Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari:

·                   jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;

·                   fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish;

·                   fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;

·                   fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini taʼminlash;

·                   fuqarolarga (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va maʼlumotnomalar berish.

Lavozimga oid rasmiy talablar

 

huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʻlish;

davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

 

Murojaat muddati:

·   nomzodlar 2022-yil 5-iyul kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.

 

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:

·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),

·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma

·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;

·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.

·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Adliya bo‘limlari bo‘yicha xujjat topshirgan nomzodlar uchun savollar xavolasi, shu xavola orqali savollar bilan tanishishingiz mumkin

 

https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=103256

 

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bo‘yicha xujjat topshirgan nomzodlar uchun savollar xavolasi, shu xavola orqali savollar bilan tanishishingiz mumkin

 

https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=103255

 

Manzil:

·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.221-26-69.

 

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

 

 

 

 



Рўйҳатга қайтиш