Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
14.06.2022

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar:

 

1. Koson tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi

2. Dehqonobod tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi

Faoliyat yoʻnalishi:

·         qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi boʻyicha huquqiy targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;

·         axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish;

·         hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari boʻyicha maslahatlar berish;

·         davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik taʼminlash;

·         qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish;

·         tuman (shahar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;

·         huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

·         fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish;

·         inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻz vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish.

 

Lavozimlarga qoʻyiladigan malaka va koʻnikma talablar:

·         faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha qonunchilikni bilishi;

·         axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish;

·         davlat dasturi va boshqa tadbirlar rejasini amalga oshirish;

·         rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

·         jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlish;

·         sohani va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

·         tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni ijro qilish;

·         kommunikabillik qobiliyatiga ega boʻlish;

·         huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

Rasmiy talablar:

·         Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

·         yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;

·         davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish lozim;

·         shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

    Mehnat sharoiti va ish haqi:

·         ·ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·         ·munosib ish haqi (martaba daraja-unvon, ish staji, oylik shaxsiy ustama va boshqalar);

·         · xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniyati;

·         ·qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy taʼminot paket;

·         ·idoraviy tibbiy xizmat va sogʻlomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

·         Qoʻshimcha afzalliklar:

·         ·zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

·         ·davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga koʻtarilish imkoniyati.

 

 

Murojaat muddati:

·   nomzodlar 2022-yil 29-iyun kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.

 

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:

·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),

·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma

·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.

·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Manzil:

·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.221-26-69.

 

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

 

 


Рўйҳатга қайтиш