Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
23.05.2022

ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI XODIMLARI DIQQATIGA!

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E’LON

 

Ichki tanlov o‘tkazilayotgan lavozimlar:

 

Hudud nomi

Lavozim

Adliya bo‘limi boshlig‘i

Davlat xizmatlari markazi boshlig‘i

1.

Ko‘kdala tuman

1

1

2.

Koson tumani

1

 

3.

Qarshi shahar

 

1

Ichki tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlarga qoʻyiladigan lavozim boʻyicha talablar;

· adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga – oliy yuridik maʼlumotga ega, ushbu mutaxassislik boʻyicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlar;

 

·davlat xizmatlari markazi boshlig‘i lavozimiga – oliy maʼlumotga ega, adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlari.

 

Murojaat muddati va manzil:

      Nomzodlar 2022-yil 26-may kuni soat 18:00 qadar quyidagi hujjatlarni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson resurslari bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi:

Ariza - ichki tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar eʼlonda koʻrsatilgan muddatda komissiya kotibiga murojaat qiladi va komissiya kotibi ularni elektron reestrga kiritib qoʻyadi.

Nomzod tomonidan bir yil davomida amalga oshirgan ishlari qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha berilgan takliflari va tashabbuskorlik ishlari, statistik koʻrsatkichlari aks etgan ma’lumotlar.

 

Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin.

 

Amalda ishlayotgan adliya bo‘limi boshlig‘i va davlat xizmatlari markazi direktorlaridan ichki tanlovda ishtirok etishi uchun ariza taqdim qilish talab etilmaydi. Ular to‘g‘risdan-to‘g‘ri komissiya kotibi tomonidan nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.

 

Ma’lumot uchun telefon, 75.221-26-69, 90-347-74-14, qashqadaryo@adliya.uz.

Ichki tanlov o‘tkaziladigan joy:

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi, 55-uy).

·Ichki tanlov jarayonlarini audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi.

·Ichki tanlov o‘tkazish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

 


Рўйҳатга қайтиш