Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
20.05.2022

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON


I. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar:

1. Gʻuzor tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi

2. Qamashi tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi

Faoliyat yoʻnalishi:

·         qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi boʻyicha huquqiy targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;

·         axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish;

·         hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari boʻyicha maslahatlar berish;

·         davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik taʼminlash;

·         qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish;

·         tuman (shahar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;

·         huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

·         fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish;

·         inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻz vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish.

 

Lavozimlarga qoʻyiladigan malaka va koʻnikma talablar:

·         faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha qonunchilikni bilishi;

·         axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish;

·         davlat dasturi va boshqa tadbirlar rejasini amalga oshirish;

·         rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

·         jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlish;

·         sohani va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

·         tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni ijro qilish;

·         kommunikabillik qobiliyatiga ega boʻlish;

·         huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

Rasmiy talablar:

·         Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

·         yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;

·         davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish lozim;

·         shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

    Mehnat sharoiti va ish haqi:

·         ·ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·         ·munosib ish haqi (martaba daraja-unvon, ish staji, oylik shaxsiy ustama va boshqalar);

·         · xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniyati;

·         ·qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy taʼminot paket;

·         ·idoraviy tibbiy xizmat va sogʻlomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

·         Qoʻshimcha afzalliklar:

·         ·zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

·         ·davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga koʻtarilish imkoniyati.

II. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarida boʻsh (vakant) lavozimlar:

 

1. Koʻkdala tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi

2. Koʻkdala tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

3. Koʻkdala tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulʼi

4. Koʻkdala tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

5. Dehqonobod tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

6. Gʻuzor tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

7. Kasbi tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

 

Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:

• yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;

• davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish;

• davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

• davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;

• davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlash.

 

Rasmiy talablar:

• yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;

• muqaddam bevosita faoliyat yoʻnalishida ishlaganlar afzallikga ega boʻladi;

• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

 

III. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi FHDY boʻlimidagi boʻsh (vakant) lavozimlar:

 

1. Koʻkdala tuman FHDY boʻlimi 2-toifali inspektori

 

I. Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari:

·                   jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;

·                   fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish;

·                   fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;

·                   fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini taʼminlash;

·                   fuqarolarga (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va maʼlumotnomalar berish.

Lavozimga oid rasmiy talablar

 

huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʻlish;

davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

·        IV. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar:

1. Dehqonobod tuman Davlat xizmatlari markazi Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruhsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻlimi boshligʻi:

2. Mirishkor tuman Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish boʻlimi bosh mutaxassisi:

3. Gʻuzor tuman Davlat xizmatlari markazi Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruhsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻlimi katta mutaxassisi.

4. Qamashi tuman davlat xizmatlari markazi Qoʻshkapa filiali katta mutaxassisi (0,5 stavka).

5. Mirishkor tuman Davlat xizmatlari markazi Pomuq filiali katta mutaxassisi (0,5 stavka).

6. Muborak tuman Davlat xizmatlari markazi Qarliq filiali katta mutaxassisi (0,5 stavka).

7. Gʻuzor tuman Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati koʻrsatish va servis shoʻbasi Aloqa operatori.

8. Nishon tuman Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati koʻrsatish va servis shoʻbasi Aloqa operatori.

 

·         Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari (barcha boshqaruv lavozimlari uchun):

·         • “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;

·         • tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlash;

·         • davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;

·         • tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;

·         • ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini taʼminlash;

·         • Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;

·         • arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.

·          

·         Lavozimga oid rasmiy talablar

(boʻlim boshligʻi)

·                    huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;

·                    mutaxassislik boʻyicha kamida 2 yil ish staji;

·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

·    

·      Lavozimga oid rasmiy talablar

·      (bosh mutaxassisi)

·                    huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;

·                    mutaxassislik boʻyicha kamida 1 yil ish staji;

·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

·    

·   Lavozimga oid rasmiy talablar

(Katta mutaxassisi)

·                    huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;

·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari:

·                    “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;

·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlashda koʻmaklashish;

·                    davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;

·                    tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;

·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga toʻliq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bogʻlanishni taʼminlash;

·                    telefon tarmogʻining uzluksiz ishlashini taʼminlash.

. Lavozimga oid rasmiy talablar

(Aloqa operatori)

·                    oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish;

·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

 

 

Murojaat muddati:

·   nomzodlar 2022-yil 6-iyun kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.

 

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:

·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),

·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma

·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.

·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Адлия бўлимлари бўйича хужжат топширган номзодлар учун саволлар хаволаси, шу хавола орқали саволлар билан танишишингиз мумкин

 

https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=103256

 

Юридик хизмат кўрсатиш марказлари бўйича хужжат топширган номзодлар учун саволлар хаволаси, шу хавола орқали саволлар билан танишишингиз мумкин

 

https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=103255

 

Manzil:

·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.221-26-69.

 

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

 

 

 

 



Рўйҳатга қайтиш