Yangiliklar
Xujamuradov Uktam Mamatovich Qamashi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish va amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahallalarda huquqbuzarliklarni oldini olish, xavfsiz muhitni yaratish maqsadida “mahallabay” huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi tadbir Shahrisabz shahridagi qizil toifaga kiruvchi “Sinabog‘” MFY aholisi o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman adliya bo'limi, tuman IIB xodimlari, MFY yettiligi hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab mahallada sodir etilgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga o‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik, kiberxavfsizlik kabi jinoyatlar va bu jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralari, korrupsiya va odam savdosi jinoyatlarining ayanchli oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Er va xotinning har biri mashgʻulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir. (https://lex.uz/docs/104720#158691)
Xotiniga (eriga) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish maʼmuriy (https://lex.uz/docs/97664#6437241) yoki jinoiy (https://lex.uz/docs/111453#6438712) javobgarlikka sabab boʻladi.
Dehqonobod tumani adliya bo'limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, tuman IIB rahbar xodimlari va MFY yettiligi ishtirokida “qizil” toifaga kiritilgan “Do'stlik” MFYda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda MFY fuqarolariga jinoyatlarning salbiy oqibatlari, jinoyatga jazo muqarrarligi va yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Shu kunlarda joylarda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.
Joriy yilning 12- yanvar kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Qarshi va G'uzor tumanidagi harbiy xizmatchilarga Harbiy xizmatchilarga davlat xizmatlarini ko'rsatishda yanada qulaylik yaratish uchun MOBIL (sayyor) davlat xizmatlari ko'rsatilishi tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining koʻmagi bilan joriy yilning 8-yanvar kuni “GʻUZOR TANDIR GOʻSHTI” geografik koʻrsatkich sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi va adliya boshqarmasi hamkorligida mahalliy davlat hokimiyati organlari, viloyat, tuman (shahar) tizimlarida faoliyat yuritayotgan masʼul xodimlar ishtirokida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaror loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish tartiblari boʻyicha bilim hamda malakalarini oshirish maqsadida amaliy seminar mashgʻulot tashkil etildi.
⚠️ Qonunchilikka koʻra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar oʻtgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.
Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun – havola (https://lex.uz/uz/docs/3796969).
Diniy tashkilotlar uchun – havola (https://lex.uz/docs/4089832).
Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etish soʻraladi.
Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 30 908 nikoh qayd etilgan bo'lib:
Inson manfaatlarini ta`minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.