Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
Ochiq adliya

Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasida soha vakillari ishtirokida "Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida"gi qonunning mazmun -mohiyati mavzusiga bag'ishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

26
OAV biz haqimizda

Viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i Nilufar Sattorova tomonidan "Oltin voha" radiosi orqali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-2761-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ""Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish to'g'risida"gi 1013-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

26
Siz qayerda bo'lsangiz biz o'sha yerga borib xizmat qilamiz

Kitob tumanining "Kuxsor" mahalla fuqarolar yig'ini tumanning olis va tog'li hududi hisoblanadi.Qariyib tuman markazidan 55 km uzoqlikda joylashgan hudud aholisi har doim ham markazga aborib kelishlariga imkoniyati yo'q.

24
Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmatlarini tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatilishi uchun to‘langan to‘lovlar qanday holatlarda qaytariladi?

Hukumatning 597-son qarori bilan tasdiqlangan Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:

Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini tezkor bajarish istagi bildirilsa va so‘ralayotgan hujjatning aniq ma’lumotlari ko‘rsatilgan taqdirda (hujjat nomi, hujjatning mazmuni, qaysi organ tomonidan qabul qilingan, sanasi va raqami), arxivning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ikki ish kunida bajarilib, mazkur belgilangan narxlarga 50 % qo‘shimcha haq undirilishi;

Agar davlat xizmatini tezkor bajarish bo‘yicha mas’ul davlat arxivi tomonidan ikki ish kunida davlat xizmati ko‘rsatilmasa, belgilangan narxga to‘langan 50 % qo‘shimcha haq 2 ish kuni davomida mas’ul davlat arxivining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qaytariladi.

Buning uchun fuqarolar hududiy adliya boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun: Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati orqali:
evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish;
turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash;
mulkiy huquqlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish;
alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo'yicha ma'lumotnomalarni olish mumkin.

24
Sayyor qabul davomida...


Joriy yilning 24 sentyabr kuni Qarshi tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Dasht” MFYda aholi o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda, fuqarolarga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati xususan chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik sohalarida imtiyozli kredit va subsidiya ajratish tartiblari va boshqa qonun xujjatlari tushuntirildi.
Shuningdek, sayyor qabulda 19 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 2 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olindi hamda 5 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

23
TANLOV G'OLIBLARIGA 175 MILLIONLIK MUKOFOT PULLARI UNDIRIB BERILDI.

Shahrisabz shaxar adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 9-sentabrdagi "Iqtidorli o'quvchilar o'rtasida fan olimpiadalarini o'tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillari o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to'g'rsida"gi 562-son qarori talablariga rioya etish ahvoli tahlil qilindi.

O'tkazilgan tahlil jarayonida shaxar xalq ta' limi bo'limi tomonidan mazkur qaror bo'yicha shahar miqyosida joriy yilda "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha "Eng yaxshi maktab" tanlovining birinchi bosqichi o'tkazilgan bo'lsada, shahar miqyosida birinchi o'rinni egallagan 1 1-sonli maktabga 100 mln so'm, ikkinchi o'rinni egallagan 6-sonli maktabga 75 mln so'm eng yaxshi maktablarga jami 175 million so'm bir martalik mukofat pullari to' lab berilmasdan kelinayotganligi aniqlandi.

23
Adliya hudud

G'uzor tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi , FHDY va YUXKM xodimlari tomonidan “Mevazor” MFYda hokim yordamchisi va Yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar bo'yicha maslahatchisi hamda fuqarolar ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 74-sonli Farmoni VM ning 259-son qarori hamda "Xususiy mulk dahlsiz va davlat himoyasida" aksiyasi doirasida yig'ilganlarga tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabul davomida , 7 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilib, 1 ta murojaatlar bo'lim ish yurituviga olindi.

23
O'ZIMIZ KELDIK!!!

Ma'lumki, mahalliy aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish bo'yicha viloyat adliya boshqarmasi va mutasaddi tashkilotlar bilan qo'shma qaror imzolangan.

Chiroqchi, va Kitob tuman  Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan mahallalardagi davlat ro'yxatidan o'tmagan tadbirkorlik sub'yektlarini ro'yxatdan o'tkazish hamda  qayta ro'yxatdan o'tkazish maqsadida sayyor xizmat tashkil etildi.

Tadbirlar davomida jami, 16 ta MCHJ, 10 ta YATT davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagi bor fuqarolarga tushunchalar berildi. Mahalladagi tadbirkorlarga yangi qabul qilinayotgan qonunlarni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga huquqiy savodxonliklarini oshirish maqasadida tegishli  maslahatlar berilib, davlat xizmatlari turlari, ulardan foydalanish tartibi, davlat xizmatlarini onlayn tarzda olish yuzasidan tushuntirishlar berildi

23
HAMSHIRA IMTIYOZLI NAFAQA TAYINLANADIGAN BO'LDI

Kitob tumani Palandara MFY  Vatkana qishlog‘ida yashovchi fuqaro Nazira Raxmatova 1993-yildan buyon  "Ibn Sino" nomli viloyat sil kasalliklari sanatoriyasida hamshira bo‘lib ishlab keladi. Fuqaro imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqishi uchun zararli mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlik faktini sud orqali belgilatishni tashkillashtirishda Kitob tumani adliya bo‘limiga amaliy yordam berishni so‘rab  murojaat qildi.

   O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro manfaatini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga ariza kiritildi.


  

21
BALANDCHAYLA HUDUDIDA 65 NAFAR FUQAROGA DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATILDI

Qamashi tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan "Balandchayla" mahalla fuqarolar yig'inida hududida yashovchi 65 nafar fuqarolarga Sovuq suv hisoblagichini yechish, o'rnatish va tamg'alashga ariza yuborish davlat xizmati bo'yicha 65 ta davlat xizmati ko'rsatildi.

Shuningdek,tuman adliya bo'limi tomonidan "Mang'it" mahallasida yashovchi fuqarolarga huquqiy savodxonliklarini oshirish maqasadida tegishli maslahatlar berilib, davlat xizmatlari turlari, ulardan foydalanish tartibi, davlat xizmatlarini onlayn tarzda olish yuzasidan tushuntirishlar berilib, bu orqali aholi oʻrasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini oshirish targʻib qilindi.