Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

01
adliya_hudud

Aksiya doirasida Mirishkor tuman FHDY bo‘limi tomonidan  Mirishkor tuman  "Istilol" MFY da yashovchi  fuqarolar A.Xujamurodov hamda M.Jumayevalarning nikohi 28 yildirki qonuniy qayd etilmaganligi aniqlandi. Tuman FHDY bo'limi tomonidan kerakli hujjatlar tayyorlanib, nikoh guvohnomasi topshirildi.

29
ZAKOVAT

“ZAKOVAT” intellektual o'yini g'oliblari taqdirlanishdi.

29
Adliya_hudud

#adliya_hudud

“Adliya organlari va muassasalari tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi buyrug‘i va Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 18-yanvardagi 14-um-son buyrug‘iga muvofiq tumandagi Guliston, Xalqlar Do’stligi MFY lardagi yoshlar yetakchisi bilan birgalikda sariq toifaga kiritilgan ayrim yoshlarning uyiga borilgan holda suhbat o‘tkazildi, yoshlarning muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

28
HUQUQIY AXBOROT KUNI”

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy axborot kuni” sifatida belgilangan.Shu asosda, respublika miqyosida shahar markazlaridan, olis qishloqlar va chekka ovullargacha fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida huquqiy axborotni tarqatish ishlari va targ‘ibot tadbirlari tashkil etib borilmoqda.

27
Adliya_yoshlar

Yoshlar o‘ztasida sog‘lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida  joriy yilning 23-fevral kuni Shahrisabz tumani Axborot-kutubxona markazida Shahrisabz shahri adliya bo'limi tomonidan "Kattanovqat" mahalla fuqarolari yigʻinida yashaydigan yoshlar ishtirokida “Zakovat” intelektual o'yinlari tashkil etildi.

27
Adliya tizimi vakillari 4-sektor hududidagi yoshlarning ijtimoiy sharoitlari va oilaviy holatlarini mahallalar kesimida o‘rganishmoqda.

Bugun Kasbi tuman “Qamashi” MFYda olib borilgan o‘rganish ishlari davomida fuqaro N.To'ychiyevanning ijtimoiy holati ko‘zdan kechirildi.

26
Yoshlar bilan ishlash borasidagi samarali mexanizm

Mirishkor tuman adliya bo'limi tomonidan  taʼlimdagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

26
SOLIHA 7 YOSHIDA GUVOHNOMA OLDI

#adliya_aksiya

SOLIHA 7 YOSHIDA GUVOHNOMA OLDI

Kitob tuman  Qorabuloq qishloģida yashovchi  Soliha bu yil maktabga chiqishi kerak ammo uning tug'ilganlik guvohnomasi yo'q.

Aksiya doirasida Soliha Zohiriddin qiziga shu kungacha tug'ilganlik haqida guvohnoma qayd etilmagani aniqlandi. Solihaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi Kitob tuman FHDY bo'limi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, sayyor tartibda yetkazib berildi.

23
Vazir o'rinbosari Qashqadaryodagi mahallalarda manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazdi.

Joriy yilning 23 - fevral kuni Adliya vaziri o'rinbosari M.Ikramov ishtirokida Ko'kdala tumanining “Guliston” mahallasida manzilli targ'ibot tashkil qilindi.

23
Ziyo ulash" aksiyasi Ko'kdalada

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida davom etdi. Viloyat markazidan qariyib 70  km uzoqlikda joylashgan "Guliston" mahallasida adliya organlari tomonidan kutubxona tashkil qilindi.