Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

22
ADLIYA DELEGATSIYASI NAVOIYDA

Adliya organlari tizimida ilk marotaba huquqiy tajriba almashish maqsadida adliya delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab boshqarma binosi, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

22
Shukronalik

Hayot yo'li har doim ham bir tekisda ravon, baxtli va quvonchli kechavermaydi. Bu yo'lda ba'zan o'nqir-cho'nqirlar boshlanib qolishi, kishi turli qiyinchiliklarga, muammolarga ro'baro' kelishi ham mumkin. Ana shunday vaziyatlarda sabrli bo'lib, aql bilan ish ko'rgan kishigina muammolarni tez va oson yengib o'tishi mumkin.

22
Maktablarga 1-sinfga qabul qilish va ko‘chirib o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, bolalar 1-sinfga 7 yoshga to‘ladigan yilda, 20 iyundan 31 iyulgacha YaIDXP yoki XTVning elektron xizmatlar portali orqali yuborilgan ariza asosida qabul qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish tartibi ham belgilab berildi.

21
Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish ko'nikmalari o'qitildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 06-iyuldagi “Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 364-son qarorining 2-bandiga ko‘ra, Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YaIDXP) orqali murojaat qiladilar.

21
Маҳаллаларда ижтимоий хизматлар комплекс ёндашув асосида кўрсатилади

 Ўзбекистон Республикаси Прензимдентининг 2022 йил 29 июнь кунидаги “Маҳаллаларда ижтимоий хизматларни кўрсатиш ва ижтимоий ҳимояга муҳтож оилаларга ёрдам бериш тизимини янги босқичга кўтариш ҳамда хотин-қизларни касбга ўргатиш ишларини янада жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ–300-сонли Қарорга кўра, 2022 йил 1 июлдан Маҳаллаларда комплекс ёндашув асосида ижтимоий хизматларни ташкил этиш тизими босқичма-босқич жорий қилинади.

20
ADLIYA HISOBOTI

Xalq deputatlari Nishon tuman kengashi sessiyasida tuman adliya bo‘limi hisoboti tinglandi. Sessiya ishida tuman sektor rahbarlari, tuman kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari,  huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas'ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

20
Davlat xizmatlari markazlarida yana bir yangi xizmat!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi  304-son qaroriga (https://lex.uz/docs/-5947536) asosan “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish” xizmati ishga tushirildi.

20
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar ma’lum qilindi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

19
ADLIYA ARALASHGACH

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Soliha" xizmat ko'rsatish belgisi egasining murojaatiga asosan uning mazkur belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qo‘yildi.

Shahrisabz shahrida joylashgan xizmat ko'rsatish binosida "Soliha" so'zidan huquq egasining ruxsatisiz  mahalliy tadbirkor tomonidan   qonunga xilof ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

19
KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR

G'uzor tuman adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli G'uzor tumanida joylashgan harbiy qismda harbiy hizmatchilari uchun  “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi bo'yicha targ'ibot tashviqot tadbiri o'tkazildi.